Braziliyalik sobiq yarimhimoyachi Felipe Melo milliy jamoa darvozaboni Alison Bekker manziliga yo‘llangan tanqidlar va kiperning Jahon chempionati-2026dagi ishtiroki haqida gapirdi.
Musobaqa startidan avvalgi ikki o‘rtoqlik o‘yinida Alison 2 ta gol o‘tkazib yubordi.
«Bu tanqidlar mantiqsiz emas, ularni tushunsa bo‘ladi. Har holda men muxlislarni tushunaman. Lekin hech qanday shubham yo‘qki, ushbu Jahon chempionati unga ajoyib harakatlarini amalga oshirish va asosiy o‘yinchi bo‘lish, katta sahnaga chiqish vaqti bo‘ladi», - deb yozdi Melo ijtimoiy tarmoqda.

Musobaqa guruh bosqichida Braziliya milliy jamoasi Marokash (14 iyun), Hayiti (20 iyun) va Shotlandiya (25 iyun) milliy jamoalari bilan bahs olib boradi.