«PSJ», «Barselona», «Milan» va Braziliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Ronaldinio Jahon chempionati-2026 boshlanishiga munosabat bildirdi.
Aytish joizki, Ronaldinio 2002 yilgi JCHda Braziliya milliy jamoasi tarkibida g‘olib bo‘lgan.
Shuningdek, u Meksikaning «Keretaro» klubida ham to‘p tepgan.
«Yana bir jahon chempionati ochilishi uchun Meksikaga qaytish qanday quvonchli! Barcha do‘stlar va sport afsonalarini ko‘rishdan juda xursandman. Bu yerda ajoyib energiya bor, bu muxlislar uchun go‘zal bayram! Hamma mening bu mamlakatni qanchalik yaxshi ko‘rishimni biladi va doim bu yerga kelishdan xursandman… Olg‘a, musobaqa haqiqatan ham o‘zgacha bo‘lsin», - deb yozdi braziliyalik X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.