Bugun, 11 iyun kuni okean ortida futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlari boshlanadi. Meksika ilk o‘yinda JAR bilan to‘qnash keladi. Bu milliy jamoalar 16 yil oldin ham o‘zaro to‘qnash kelgandi. Quyida A guruhi haqida batafsil ma'lumot taqdim etamiz.
Meksika

Bosh murabbiy: Meksikani hozirda Xaviyer Agirre boshqarmoqda. Bu murabbiy 2024 yilda milliy jamoa boshqaruviga uchinchi marta keldi. Bunga qadar u 2002 va 2010 yilgi jahon chempionatlarida ham «apachilar»ni boshqargan.
Umuman olgan Xaviyer mamlakat futbolida katta nom qozongan. Meksika bilan ikki marta KONKAKAF Oltin kubogida ikki bor zafar quchgan. Bu galgi mundialda ham yuqori maqsadlarni ko‘zlamoqda.

Yulduz: Hozirda milliy jamoaning yetakchi va yulduz futbolchisi sifatida Raul Ximenesni ko‘rsatish mumkin. Futbolchi bir necha kun oldin Chempionshipga tushib ketgan «Vulverhempton»ga qaytdi.
Shuningdek, oltinchi bor mundialda ishtirok etadigan Gilermo Ochoani ham ko‘rsatish mumkin. 40 yoshli kiper JCH-2026da asosiy darvozabon bo‘lmasligi aniq. U 2024 yildan beri milliy jamoaning asosiy tarkibida ko‘rinish bermayapti.
Tarkib:
Darvozabonlar: Raul Ranjel («Gvadalaxara»), Karlos Asevedo («Santos Laguna»), Gilermo Ochoa (AEL).
Himoyachilar: Isroil Reyes («Klub Amerika»), Xorxe Sanches (PAOK), Seser Montes («Lokomotiv»), Edson Alvares («Fenerbahche»), Xoan Vaskes («Jenoa»), Xesus Galyardo («Toluka»), Mateo Chaves («AZ Alkmar»).
Yarimhimoyachilar: Alvaro Fidalgo («Betis»), Brian Gutierres («Gvadalaxara»), Orbelin Pineda (AEK Afina), Erik Lira («Krus Asul»), Luis Romo («Gvadalaxara»), Obed Vargas («Atletiko»), Xilberto Mora («Tixuana»), Luis Chaves («Dinamo» Moskva).
Hujumchilar: Roberto Alvarado («Gvadalaxara»), Sesar Uerta («Anderlext»), Gilermo Martinez («UNAM Pumas»), Armando Gonsales («Gvadalaxara»), Santyago Ximenes («Milan»), Raul Ximenes («Vulverhempton»), Xulian Kinones («Al-Qodisiya»), Ernesto Vega («Toluka»).
Chempionlik ehtimoli (Opta): 1,52 foiz.
JAR

Bosh murabbiy: Hozirda milliy jamoani 74 yoshli Hyugo Bros boshqarmoqda. Belgiya mutaxassisi 1986 yilda jahon chempionatida futbolchi sifatida ishtirok etgan. 2024 yilda JAR bilan Afrika Millatlar kubogida bronza medaliga ega chiqdi. Qisqasi, murabbiy sifatida yana marralarga erishishni maqsad qilgan.

Yulduz: «Byornli»ning 25 yoshli a'zosi Lail Foster JARning asosiy yulduzlaridan biri. O‘tgan mavsumda APLda 3 ta gol urdi va 2 assistni qayd etdi. JCH-2026 yakuniy qaydnomasi kiritilgan futbolchilar mahalliy ligada ishtirok etadigan jamoalardan jalb qilingan.
Tarkib:
Darvozabonlar: Ronuen Uilyams («Mamelodi Sandaunz»), Rikardo Goss («Sivelele»), Sifo Sheyn («Orlando Payrets»).
Himoyachilar: Xuliso Mudau («Mamelodi Sandaunz»), Olvetu Maxanya («Filadelfiya»), Bredli Kross («Kayzer Chiefs»), Tabang Matuludi («Polokvane Siti»), Nkosinati Sibisi («Orlando Payrets»), Obrey Modiba («Mamelodi Sandaunz»), Mbekezeli Mbokazi («Chikago»), Ime Okon («Hannover»), Samukele Kabini («Molde»), Kamoxelo Sebelebele («Orlando Payrets»), Xulumani Ndamane («Mamelodi Sandaunz»).
Yarimhimoyachilar: Teboxo Mokuna («Mamelodi Sandaunz»), Jeyden Adams («Mamelodi Sandaunz»), Talente Mbata («Orlando Payrets»), Yaya Sitole («Tondela»).
Hujumchilar: Osven Appollis («Orlando Payrets»), Tshepang Moremi («Orlando Payrets»), Evidens Makgopa («Orlando Payrets»), Lail Foster («Byornli»), Ikraam Rainers («Mamelodi Sandaunz»), Relebohile Mofokeng («Orlando Payrets»), Temba Zvaane («Mamelodi Sandaunz»), Tapelo Maseko (AEL).
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,06 foiz
Janubiy Koreya

Bosh murabbiy: Hozirda milliy jamoani Xon Men Bo boshqaryapti. U 2002 yilgi jahon chempionatida futbolchi sifatida ishtirok etgan. Janubiy koreyaliklar o‘shanda yarimfinalga qadar yetib borishib, sensatsiya qayd etgandi. Bo milliy jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘yinchilar orasida 2-o‘rinda bormoqda. Darvoqe, u 2014 yilgi mundialga ham milliy jamoani olib borgandi.

Yulduz: Shubhasiz, Son Xyon Min asosiy figura hisoblanadi. U to‘rtinchi bor mundialda ishtirok etadi. Hozirda AQShda o‘ynamoqda. Mamlakat futbolining yuzi hisoblanadi.
Shuningdek, «Bavariya» himoyachisi Kim Min Je va «PSJ» yarimhimoyachisi Li Kang In kabi yulduzlarni ham ko‘rsatish mumkin.
Tarkib:
Darvozabonlar: Jo Heng U («Ulsan Xyonde»), Kim Sin Gyu («Tokio»), Son Bom Gun («Chonbuk Xyonde Motors»).
Himoyachilar: Kim Min Je («Bavariya»), Cho Yu Min («Al-Sharja»), Li Xan Bom («Midtyullann»), Kim Txe Xong («Kashima Antlers»), Pak Jin Seob («Chjetszyan»), Li Ki Xek («Kanvon»), Li Te Sok («Austriya» Vena), Sol Yen U («Crvena Zvezda»), Yens Kastrop («Borussiya» Myonxengladbax), Kim Mung Xvang («Techjon Sitizen»).
Yarimhimoyachilar: Yan Xeun Jung («Seltik»), Payk Sung Xo («Birmingem»), Xvang In Byom («Feyenoord»), Kim Jing Gyu («Chonbuk Xyonde Motors»), Pe Ju Xo («Stok Siti»), Om Ji Sun («Suonssi»), Xvang Xi Chang («Vulverhempton»), Li Dong Geng («Ulsan»), Li Je Son («Maynts»), Li Kang In («PSJ»).
Hujumchilar: O Xen Gyu («Beshiktosh»), Son Xyon Min («Los-Anjeles»), Cho Gyu Son («Midtyullann»).
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,4 foiz
Chexiya

Bosh murabbiy: Miroslav Koubek 2025 yilning dekabridan beri Chexiya milliy jamoasin boshqarmoqda. Sentabr oyida 75 yoshni qarshilaydigan mutaxassis Ivan Gashek o‘rniga taklif etilgan. Gashek Farer orollariga uchratilgan mag‘lubiyatdan so‘ng iste'foga chiqarilgandi. Darvoqe, Miroslav jahon chempionatida eng keksa murabbiylar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda.

Yulduz: Hozirda Chexiya futbolida avlodlar almashinuvi ro‘y bermoqda. Pavel Nedved, Tomas Rositski va Petr Chex kabi yulduz o‘yinchilarni uchratmaysiz. Asosiy yulduz sifatida «Bayer» forvardi Patrik Shikni ko‘rsatish mumkin. U Yevro-2020 turnirida eng yaxshi to‘purarga aylangandi.
Tarkib:
Darvozabonlar: Lukash Gornichek («Braga»), Matey Kovaj (PSV), Indrjix Stanek («Slaviya»).
Himoyachilar: Vladimir Tsoufal («Xoffenhaym»), David Doudera («Slaviya»), Tomash Golesh («Slaviya»), Robin Granach («Xoffenhaym»), Shtepan Xaloupek («Slaviya»), David Yurasek («Slaviya»), Ladislav Kreychiy («Vulverhempton»), Yaroslav Zelena («Sparta»), David Zima («Slaviya»).
Yarimhimoyachilar: Lukash Cherv («Viktoriya»), Vladimir Darida («Gradets-Kralove»), Lukash Provod («Slaviya»), Mixal Sadilek («Slaviya»), Hyugo Soxurek («Sparta»), Aleksandr Soyka («Viktoriya»), Tomash Souchek («Vest Xem»), Pavel Shults («Lion»), Denis Vishinski («Viktoriya»).
Hujumchilar: Adam Glojek («Xoffenhaym»), Tomash Xori («Slaviya»), Moymir Xitil («Slaviya»), Yan Kuxta («Sparta»), Patrik Shik («Bayer»).
Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,25 foiz.
A guruhi taqvimi
1-tur
11 iyunga o‘tar kechasi, soat 23:59 (Toshkent vaqti)
Meksika – JAR
12 iyun, soat 07:00
Janubiy Koreya – Chexiya
2-tur
18 iyun, soat 19:00
Chexiya – JAR
19 iyun, soat 06:00
Meksika – Janubiy Koreya
3-tur
25 iyun, soat 06:00
Chexiya – Meksika
25 iyun, soat 06:00
JAR – Janubiy Koreya.