2026 yildagi jahon chempionatida G guruhi 1-tur bahslari davom ettiriladi.
Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanadigan o'yinda Eron Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi. Mehi Torimiy, Alirizo Beyranvand va Kris Vud kabi futbolchilar bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.
Ma'lumot o'rnida, guruhning ilk o'yinida Belgiya Misr bilan 1:1 hisobida durang o'ynagandi.
JCH-2026. G guruhi. 1-tur
Eron — Yangi Zelandiya
16 iyun. Inglvud. «SoFi Stadium»
Eron — Beyranvand, Rizooyun, Nemati, Halilzoda, Muhammadi, Yusufi, Izzatullohi, Xodos, Mohebi, Moganlu, Torimiy.
Yangi Zelandiya — Krokombe, Peyn, Surman, Boxall, Kasache, Bell, Stamenich, Makkovat, Singh, Just, Vud.