Bugun
13
O'zbek

Kabo-Verde posbonining Instagramdagi obunachilari deyarli 2 millionga yetdi

Futbol
15 iyun, 16:09
Ispaniyaga qarshi bahsdan avval 40 yoshli Vozinyaning obunachilari 56 ming nafar edi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Kabo-Verde posbonining Instagramdagi obunachilari deyarli 2 millionga yetdi
Foto: Getty Images
15.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 0 : 0 Kabo-Verde Kabo-Verde

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinya 2026 yildagi Jahon chempionati doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yindan keyin 2 millionga yaqin obunachiga ega bo'ldi.

Mundialning 1-tur guruh bosqichidagi bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi. 40 yoshli Vozinya 7 ta seyv amalga oshirib, bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Vozinyaning Instagram sahifasida obunachilar soni deyarli 2 millionga yetdi. O'yin boshlanishidan oldin esa uning sahifasiga atigi 56 ming kishi a'zo edi.

Bahsdan keyingi intervyu chog'ida jurnalist Vozinyaga uning ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari sonini ko'rsatdi. Portugaliyaning ikkinchi divizionidagi "Chaves" klubida to'p tepayotgan darvozabon esa avval bu raqamga ishonmadi, hayratlandi va keyin tabassum bilan: "Aql bovar qilmas darajada", dedi.

Ta'kidlash kerakki, Kabo-Verde aholisi taxminan 530 ming nafarni tashkil etadi.

Vozinya
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar