Live
3
O'zbek

Krespo: «Yamal — futbolni sevuvchilar uchun haqiqiy sovg'a. U kabilar 20 yilda bir tug'iladi»

Futbol
15 iyun, 10:05
Argentinalik sobiq hujumchi ispan vingerini e'tirof etdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Krespo: «Yamal — futbolni sevuvchilar uchun haqiqiy sovg'a. U kabilar 20 yilda bir tug'iladi»
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo «Barselona» klubi hamda Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamaldan yuqori baho berdi.

— Ayrimlar allaqachon bu Jahon chempionati uning turniri bo'lishini aytishmoqda. Bu haqda nima deb o'ylaysiz? Uning kelajagini qanday tasavvur qilasiz?

— Biz har 20 yilda bir marta paydo bo'ladigan futbolchini ko'ryapmiz. Uning bu yoshda qilayotgan ishlari odatiy me'yorlardan tashqarida.

Agar Lamin kamtarligini saqlab qolsa va maydonda futboldan zavq olishda davom etsa, unda kelasi o'n yillikda jahon futbolida ustunlik qilish uchun barcha imkoniyatlar bor. U — bu sport turini yaxshi ko'radiganlar uchun haqiqiy tuhfa,
— deya Kresponing so'zlarini keltiradi AS.

Ernan Krespo
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar