Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionatlarida sabrli bo‘lish muhimligi haqida fikr bildirdi.
«Men ishtirok etgan ikki Jahon chempionatida ham o‘zimni noqulay his qilgan paytlar bo‘lgan, chunki sen 60 kun davomida tashqi muhitdan ajralgan holda yashaysan. Ammo agar bu oson bo‘lganda, hamma ham jahon chempionatida o‘ynagan bo‘lardi.
Biz ozchilik qatlamiga mansub ekanligimizni bilamiz — bu shunday maqomki, uni hech qachon unutmasligimiz kerak. Buni yaxshi kunlarda ham, qiyin paytlarda ham qabul qilishimiz lozim. Tarixga kirish uchun sabr qilish va qiyinchiliklarga tayyor bo‘lish kerak.
Biz buni bir marta amalga oshirdik — 2018 yildagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldik, ikkinchi marta ham bunga juda yaqiniga keldik (2022 yilda finalchi). Shuning uchun buni qanday qilishni bilamiz. Ammo har bir jamoa turnirga tarix yaratish maqsadida boradi. Shunga qaramay, hech bir jamoa g‘alabaga bizdan ko‘ra chanqoq bo‘lmasligi kerak», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Foot Mercato.
Mbappe JCH oldidan: «Hech bir jamoa biz kabi g‘alabaga chanqoq bo‘lmasligi kerak»
Futbol
15 iyun, 12:35
Frantsuzlar hujumchisi mundialda sabrli bo‘lish muhimligi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images