Live
3
O'zbek

Rafa Mir jinsiy zo'ravonlik uchun 8,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Futbol
15 iyun, 11:50
28 yoshli hujumchining futbolchilik faoliyati yakunlanishi mumkin.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Rafa Mir jinsiy zo'ravonlik uchun 8,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Foto: Getty Images

«Elche» hujumchisi Rafa Mir jinsiy zo'ravonlik uchun 8,5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Bu qarorni Valensiya sudi chiqardi.

Sud, shuningdek, ikkinchi ayblanuvchini 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etish va jarimaga tortish haqida hukm chiqardi.

Hukmga ko'ra, birinchi ayblanuvchining, ya'ni futbolchining jabrlanuvchisiga 64 000 yevro miqdorida tovon puli to'lanishi belgilangan (shundan 14 000 yevro sog'liqqa yetkazilgan zarar uchun, 50 000 yevro esa ma'naviy zarar uchun), ikkinchi jabrlanuvchiga esa 6 280 yevro tovon puli to'lanadi.

Shuningdek, hukmda 10 yil muddatga taqiqlovchi chora ko'rilgan bo'lib, unga ko'ra 28 yoshli Mir jabrlanuvchiga 500 metrdan yaqinlashishi taqiqlanadi.

Ushbu hukm ustidan apellyatsiya berilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, 2024 yil sentyabr boshida futbolchi ikki ayol — 21 yoshli Andrea va 25 yoshli Karlaga nisbatan jinsiy zo'ravonlikda gumon qilinib qo'lga olingandi.

Guvohlardan birining ko'rsatmalariga ko'ra, jinoyat Rafaning uyida bo'lib o'tgan shaxsiy ziyofatda sodir etilgan. Ayol va uning dugonasi Mir bilan tungi klubda tanishgach, uning uyiga borganliklari aytiladi.

Eslatib o'tamiz, Mir faoliyati davomida «Valensiya» va «Sevilya» kabi klublarda ham o'ynagan.

Rafa Mir
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Elche Elche
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar