Live
7
O'zbek

«Tottenhem» Girassi uchun asosiy da'vogarga aylandi

Futbol
15 iyun, 10:34
Seruni «Aston Villa», «Milan» va «Atletiko» ham kuzatib bormoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Tottenhem» Girassi uchun asosiy da'vogarga aylandi
Фото: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Patrik Berger xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 30 yoshli hujumchini sotib olishni Londondagi «Tottenhem» klubi maqsad qilgan. Bundesliganing o'yinchisini yozgi transfer uchun ustuvor nishonga aylantirgan.

Shu bilan birga, Girassini «Aston Villa», «Milan» va «Atletiko» ham kuzatib bormoqda.

Ta'kidlanishicha, hujumchining vakillari «Fenerbahche» bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni rad etgan.

O'tgan klub mavsumida Girassi barcha turnirlarida 46 ta o'yinda ishtirok etib, 22 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar