Live
3
O'zbek

Rasman: Sarri - "Atalanta" bosh murabbiyi

Futbol
15 iyun, 11:00
67 yoshli mutaxassis Rim klubidan Bergamoga ko'chib o'tdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Rasman: Sarri - "Atalanta" bosh murabbiyi
Foto: Atalanta

Mauritsio Sarri "Atalanta" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

67 yoshli mutaxassis Bergamo klubi boshqaruvida Raffaele Palladinoning o'rnini egalladi.

O'tgan mavsumda Sarri "Latsio"ni boshqargandi va uning jamoasi A Seriyada 38 ta o'yinda 54 ochko to'plab, 9-o'rinni egallagan. Shuningdek, rimliklar Italiya kubogida finalgacha yetib borib, "Inter"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan.

O'tgan mavsumda "Atalanta" chempionatni 38 o'yinda 59 ochko bilan 7-pog'onada yakunlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atalanta Atalanta
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar