«Fiorentina» hujum chizig'ida transfer amalga oshirdi.
A Seriya klubi Mateo Pellegrinoni «Parma»dan sotib oldi va Roberto Pikkolini «Bolonya»ga ijaraga berdi.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabar berishicha, Pellegrino transferi «Fiorentina»ga 22,5 million yevro qiymatiga tushdi. Bundan tashqari, shartnomada 2,5 million yevro miqdorida bonuslar ham ko'zda tutilgan.
25 yoshli argentinalik «Fiorentina» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U o'tgan mavsumda «Parma» tarkibida 39 ta o'yinda 12 ta gol urgani va 1 ta golga assistentlik qilgan.
«Bolonya» esa Pikkolini «Fiorentina»dan 2027 yil 30 iyunga qadar ijaraga oldi. Kelishuvga ko'ra, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda italiyalik 25 yoshli hujumchini sotib olish majburiy bo'ladi.
O'tgan mavsumda Roberto «binafshalar» safida 32 ta bahsda 4 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.
«Fiorentina» Pellegrinoni sotib olib, Pikkolini ijaraga berdi
Futbol
14 avgust, 04:03
Florentsiya klubi navbatdagi transferini e'lon qildi.
Foto: Fiorentina