«Liverpul» markaziy yarimhimoyachilari Aleksis Makallister va Körtis Jons yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Alan Nikson xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, «qizillar» «Kristal Peles» yarimhimoyachisi Adam Uortonning transferini moliyalashtirish uchun ikki futbolchini sotmoqchi. Angliyalik 22 yoshli futbolchi mersisaydliklarning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraolaning asosiy nishoniga aylandi.
Ta'kidlanishicha, klub bu yozda maydon markazida jiddiy qayta qurishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Aleksis xizmatlariga «Atletiko» va «Real» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Jonsga esa «Inter» asosiy da'vogar hisoblanadi.