«Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allister yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Nomi oshkor etilmagan bir nechta klub argentinalik futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va uni tarkibiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
«Liverpul» rahbariyati ham 27 yoshli futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda. Transfermarkt portaliga ko'ra, Aleksisning narxi 70 million yevroga teng.
Avvalroq Virtzning «Liverpul»da qolishi ma'lum qilingandi.