«Liverpul» Ibrahima Konate klubdan ketganidan so'ng jamoa himoyasini qayta qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchining o'rnini bosish uchun variantlardan biri sifatida «Sporting»ning 24 yoshli a'zosi Gonsalu Inasiu ko'rib chiqilmoqda.
Shuningdek, mersisaydliklarni «Napoli»dan Sem Byokema ham qiziqtirmoqda, biroq u ustuvor nomzod emas.
«Tottenhem»ning 19 yoshli futbolchisi Luka Vushkovich bilan shartnoma imzolash varianti ko'rib chiqilmoqda.
«Liverpul» skautlari «Nottinghem Forest» futbolchisi Murillo bo'yicha ishni faollashtirdi. Manbaning qayd etishicha, braziliyalik APLdagi tajribasi va jismoniy kuchi tufayli Andoni Iraola jamoasiga foydali bo'lishi mumkin.