Live
3
O'zbek

«Liverpul» Ngumoa bilan shartnomani tezroq uzaytirmoqchi

Futbol
13 iyun, 06:49
Mersisayd klubi yosh iste’dodga «Bavariya» qiziqishi fonida harakatga tushdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Liverpul» Ngumoa bilan shartnomani tezroq uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Liverpul» 17 yoshli vinger Rio Ngumoa bilan yangi shartnoma imzolashni tezlashtirmoqchi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchiga qiziqish bildirayotgani va u bilan aloqaga chiqqani haqidagi xabarlardan norozi.

Shu sababli ingliz klubi futbolchi 18 yoshga to‘lishi bilan, avgust oyining oxirlarida yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni yakunlashni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Bavariya» Ngumoani o‘z safiga qo‘shib olishga urinayotgani va uni transfer bozoridagi ustuvor maqsadlardan biri sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jurnalist Pit O'Rurkning ma’lum qilishicha, «Liverpul» allaqachon futbolchi vakillari bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Hozirgi shartnoma 2028 yilgacha amal qiladi, biroq klub rahbariyati iste’dodli futbolchini uzoq muddatga jamoada olib qolishni istamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Rio Ngumoa 29 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Ngumoa Angliya futbolining eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar