AQSH milliy jamoasi hujumchisi Kristian Pulishich yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. 26 yoshli futbolchiga Italiyaning «Roma» klubi qiziqish bildirmoqda.
Pulishich 2023 yildan buyon «Milan» safida to‘p tepib kelmoqda, biroq so‘nggi davrda uning o‘yinlari avvalgi darajada samarali bo‘lmayapti. Xabarlarga ko‘ra, amerikalik futbolchi klub safidagi so‘nggi golini o‘tgan yili urgan.
Taniqli jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lum qilishicha, futbolchining agenti allaqachon «Roma» rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ehtimoliy transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas, biroq Rim klubi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Qizig‘i shundaki, o‘tgan mavsum yakunida «Roma» A Seriya turnir jadvalida aynan «Milan»ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgandi.
Pulishich faoliyati davomida «Borussiya Dortmund», «Chelsi» va «Milan» kabi Yevropaning nufuzli klublarida to‘p tepgan. Uning tajribasi va universalligi «Roma» uchun muhim transferlardan biriga aylanishi mumkin.