Live
3
O'zbek

Ispaniya bosh murabbiyi Yamalning holati haqida gapirdi

Futbol
13 iyun, 08:00
18 yoshli yulduz mundial boshlanishiga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ispaniya bosh murabbiyi Yamalning holati haqida gapirdi
Foto: Getty Images
15.06.2026, 12:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Kabo-Verde Kabo-Verde

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Barselona» vingeri Lamin Yamalning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.

Mutaxassisning aytishicha, 18 yoshli futbolchi tiklanish jarayonini rejalashtirilgan muddatdan tezroq o‘tkazmoqda.

«U tiklanishni belgilangan jadvaldan tezroq davom ettirmoqda. Har kuni Laminning holati yaxshilanib bormoqda.

Menimcha, Yamal Jahon chempionatidagi ilk bahsga optimal sport formasida yetib keladi», — dedi de la Fuente.

Eslatib o‘tamiz, yosh iqtidor Ispaniya milliy jamoasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va uning safga qaytishi jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Ispaniya milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar