O'zbekiston milliy jamoasi vingeri Jaloliddin Masharipov jarohati haqida gapirib o'tdi.
«Umurtqalaraoro disk churrasi (grija) o'sha vaqtda bezovta qildi. Hozir yaxshi hammasi. Hudoga shukr, o'tib ketdi.
Hudo hohlasa, indindan umumiy guruh mashg'ulotlariga chiqaman. Hozir mashg'ulot zalda shug'ullanib, moslashish jarayonidan o'taman. Indindan esa umumiy mashg'ulotlar boshlanadi.
Bu kasallik 5-6 yildan beri bor. 3 yil oldin Eron bilan o'ynaganimizda ham Toshkentda ikki kun oldin ukol olib o'yinga chiqqanman, o'ynaganman.
Hudoga shukr, hozir yaxshi. Endi bir-bir bezovta qilyapti. Bunaqa kasali borlar biladi. Ukollarni oldik, eng muhimi. Hammasi yaxshi, Hudo hohlasa.
Nasib qilsa, 26 talik tarkibda bo'lishim kerak deb o'ylayman», — dedi Masharipov Championat Asia'ga bergan intervyusida.
Avvalroq Masharipov Kanada va Niderlandiyaga qarshi o'yinlarni jarohat sabab o'tkazib yuborgani ma'lum qilingandi.