Live
2
O'zbek

"Milan" Glasner, Amorim va Yayssle orasida tanlov qiladi

Futbol
11 iyun, 12:35
Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Milan" Glasner, Amorim va Yayssle orasida tanlov qiladi
Фото: Getty Images

"Milan" klubi yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "rossonerilar" avstriyalik mutaxassisni tayinlash haqida qarorni hozircha qabul qilmagan.

Shuningdek, klub Ruben Amorim bilan muzokara o'tkazgan. "MYU" sobiq murabbiyi A Seriyada ish boshlashga qarshi emas.

Nomzodlar orasida "Al Ahli"dan Mattias Yayssle ham bor. Klub ushbu murabbiy nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda jamoa Massimiliano Allegri boshqardi. Biroq jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma olmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar