«Milan» darvozaboni Mayk Menyan APLga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Londondagi «Chelsi» klubi darvozabonni sotib olishni maqsad qilgan. Ehtimoliy transfer summasi taxminan 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Menyanning o'zi ham Tumanli Albiyonga ko'chib o'tishga tayyor. Yakunlangan A Seriya mavsumida 30 yoshli darvozabon 37 ta o'yinda ishtirok etib, 35 ta gol o'tkazib yubordi va 15 uchrashuvda darvozasini qurug' saqladi.
Mayk va «rossoneri» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Avvalroq «Chelsi»ning Nunesga qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingandi.