Bugun
8
O'zbek

Konate «Real» bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan — manba

Futbol
8 iyun, 06:00
Himoyachi «qiroliyk klubi» safiga jahon chempionati yakunlanganidan keyin qo'shiladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Konate «Real» bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan — manba
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Ibrohima Konate «Real» bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

«Liverpul»ning 27 yoshli futbolchisi Madrid klubi bilan 2030 yil yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. Himoyachi «Real» safiga jahon chempionati yakunlanganidan keyin qo'shiladi.

Qayd etish lozim, Konate «Liverpul» tarkibida 5 yil davomida to'p tepgan. Avvalroq futbolchining «qizillar»ni tark etishi may oyi oxirida ma'lum qilingan edi. 27 yoshli futbolchi klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar