UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya nega WBC versiyasi bo'yicha yarim o'rta vazndagi jahon chempioni Ryan Garsiya bilan jang qilish unga qiziq emasligini tushuntirdi.
«Men hozir cho'qqida turganlar bilan jang qilaman. Ryan Garsiya… bilmadim. U tan olingan chempion emas va mening darajamda emas.
Ryan mening sportimda qilgan ishlari qilmagan. Men o'zim kabi katta yutuqlarga erishgan raqib bilan jang qilishim kerak», — dedi Topuriya Full Mount MMA akkauntiga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, Iliya professional MMA faoliyatini 2015 yil aprel oyida boshlagan. UFC’da u 2020 yil oktyabr oyidan buyon ishtirok etib kelmoqda.
Topuriya hisobida 17 g'alaba mavjud bo'lib, shulardan faqat ikkitasi hakamlar qarori bilan qo'lga kiritilgan, mag'lubiyat esa yo'q. Avvalroq Iliya Tsarukyaning muxlislari va oilasi oldida uning jag'ini sindirishini aytib o'tgandi.