Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Pepe jamoaga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pepe Joze Mourinioning yordamchilaridan biri sifatida ish boshlaydi. Sobiq himoyachi faoliyatini atigi 2 yil avval yakunlagan, uning so'nggi klubi "Portu" bo'lgandi.
Ma'lumot o'rnida, Joze avval ham 2010–2013 yillar oralig'ida "Real"ni boshqargan. Yaqin vaqt ichida u rasmiy ravishda "Benfika"ni tark etib, Madridga qaytadi.
Avvalroq Mourinio "qirollik klubi"ga yaqin orada qaytishini tasdiqlagani ma'lum qilingandi.