«Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal yetarlicha baholanmaydigan futbolchilarni sanab o'tdi.
«Jerar Martin — yetarlicha baholanmayotgan o'yinchi. Shuningdek, Fabian Ruis va Mikel Merino ham yetarlicha qadrlanmaydi. Xuddi shunday holat Tomas Myuller bilan ham kuzatiladi.
Koul Palmerni esa qanday qilib yetarlicha baholanmaydigan o'yinchi deb hisoblash mumkin? Axir u «Chelsi»da 10-raqam ostida to'p tepadi va «Oltin to'p-2025» uchun ovoz berishda to'qqizinchi o'rinni egallagan», — deya Yamalning so'zlarini keltiradi Marca.
Avvalroq 18 yoshli futbolchi oʻtgan yili “Oltin toʻpni” yutolmagani haqida gapirgandi.
Yamal yetarlicha baholanmaydigan futbolchilarni sanadi
Futbol
7 iyun, 20:40
«Barselona» vingeri bu borada uch nafar ispan va bir nemisni aytdi.
Foto: Getty Images