Bugun
12
O'zbek

Yamal: “Oltin to'p”ni olaman deb o'ylagandim. Ammo uni Dembele yutgani men uchun yaxshi bo'ldi”

Futbol
7 iyun, 17:50
“Barcelona” vingeri o'tgan yili eng yaxshi futbolchi deb topilmaganiga munosabat bildirdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Yamal: “Oltin to'p”ni olaman deb o'ylagandim. Ammo uni Dembele yutgani men uchun yaxshi bo'ldi”
Foto: Getty Images

“Barcelona” klubi va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal o'tgan yili “Oltin to'p”ni qo'lga kirita olmagani haqida fikr bildirdi.

2025 yil uchun France Football talqiniga ko'ra eng yaxshi futbolchi sovrini Usmon Dembelega berildi, ispaniyalik futbolchi esa ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi.

“Rostini aytsam, men uni yutaman deb o'ylagandim, chunki ko'p narsa yuz berdi. Lekin Dembelening g'alaba qozonishi men uchun yaxshiroq bo'ldi.

Bu nafaqat shaxs sifatida o'sishimga yordam berdi, balki o'sha paytda hali juda yosh edim va ehtimol, “Oltin to'p”ni yutgan odam o'zini qanday his qilishini to'liq anglab yetmagan bo'lardim.

Bu safar mening yilim bo'ladimi? Ko'ramiz”,
— deya Yamalning so'zlarini keltiradi Marca.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar