«Everton» va Angliya milliy jamoasi darvozaboni Jordan Pikford «Yuventus»ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «zebralar»ga vositachilar orqali 32 yoshli ingliz darvozabonining xizmatlari taklif qilingan. A Seriya grandi uchun ushbu variant qanchalik qiziqarli ekani hozircha noma'lum.
Ma'lumot uchun, Pikfordning «Everton» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 13 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, «Yuventus» yozgi transfer vaqtida tajribali kiper bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan.