Live
1
O'zbek

O‘rtoqlik bahslari. Marokash Norvegiya bilan durang o‘ynadi, Xorvatiya va Italiya g‘alaba qozondi

Futbol
7 iyun, 17:15
40 yoshli Modrich gol urdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
O‘rtoqlik bahslari. Marokash Norvegiya bilan durang o‘ynadi, Xorvatiya va Italiya g‘alaba qozondi
Foto: Getty Images

Milliy jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahslari davom etmoqda.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Xorvatiya o‘z maydonida Sloveniya ustidan g‘alaba qozondi. 40 yoshli Modrich gol urdi.

Mundialga tayyorlanayotgan Marokash va Norvegiya o‘zaro o‘yinda durang qayd etishdi.

Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan jamoalar to‘qnashuvida esa Italiya Espositoning goli evaziga Gretsiyadan ustun keldi.

O‘rtoqlik o‘yinlari. 7 iyun
Marokash — Norvegiya 1:1

Gollar: Dias (8) — Edegor (75).

Xorvatiya — Sloveniya 2:1
Gollar: Modrich (51), Pashalich (90+3) — Shporar (83).

Gretsiya — Italiya 0:1
Gol: Esposito (18).
Chetlatish: Rejjianni (68, Italiya).

Kosovo — Andorra 3:0
Gollar: Alvares (41, avtogol), Rahmoni (53, penalti), Motoshi (78).

Afg‘oniston — Pokiston 0:2
Gollar: Navaz (5), Hamid (90+2).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Italiya Italiya
  • Marokash Marokash
  • Norvegiya Norvegiya
Bugungi yangiliklar