Live
1
O'zbek

Peres «Real» prezidentligi uchun saylovda g‘olib chiqdi — manba

Futbol
7 iyun, 15:00
Madrid klubida navbatdan tashqari o‘tkazilgan saylovlarda ovoz berish jarayoni tugadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Peres «Real» prezidentligi uchun saylovda g‘olib chiqdi — manba
Foto: Getty Images

«Real» klubida navbatdan tashqari o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish yakunlandi.

Klub rahbari lavozimi uchun amaldagi prezident Florentino Peres va unga raqobatchi Enrike Rikelme nomzod sifatida qatnashdi.

Ovoz berish Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da tugadi. Saylov komissiyasi a’zolari eng so‘nggi bo‘lib ovoz berishdi.

Ovozlarni sanash jarayoni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 02:00 ga qadar yakunlanishi kutilmoqda.

Marca nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Peres 65,95% ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda. Rikelme uchun esa saylovchilarning 34,05% ovoz bergan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar