Bugun
12
O'zbek

AS: Peres 61% ovoz bilan «Real» prezidentlik saylovida Rikelmeni ortda qoldirmoqda

Futbol
7 iyun, 10:18
Madrid klubining amaldagi rahbari hozirgi vaqtda prezidentlik saylovida g‘alaba qozonmoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
AS: Peres 61% ovoz bilan «Real» prezidentlik saylovida Rikelmeni ortda qoldirmoqda
Foto: Gettyimages

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Madridning «Real» jamoasining amaldagi prezidenti Florentino Peres hozirgi vaqtda «qirollik klubi»ning prezidentlik saylovida 61% ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda. Uning raqibi, ispaniyalik ishbilarmon Enrike Rikelmeda 39% ovoz bor.

Ta’kidlanishicha, elektron tarzda berilgan ovozlar hisobga olinmagan. Ovoz berish Toshkent vaqti bilan taxminan 23:00 da yakunlanadi. Jami 75 219 kishi unda ishtirok etish huquqiga ega.

«Real» prezidentlik saylovlarida rekord darajadagi ishtirok 2000-yilda kuzatilgan, o‘shanda 33 116 kishi saylovlarga tashrif buyurgan.

Ushbu saylov kompaniyasida ovoz beruvchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatilishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar