Bu haqda Fransiyaning Lequipe nashri xabar bermoqda.
Madridning «Real» va Fransiya terma jamoasi yulduzi Kilian Mbappe Amerika kompaniyasi Nike bilan hamkorlikni to‘xtatishni haqida o‘ylab qoldi.
Manbaga ko‘ra, hujumchi yangi sport brendi bilan hamkorlikni boshlashni reja qilmoqda. Bu Puma, Adidas va Under Armour emasligi ta’kidlanmoqda.
Mbappe faqatgina hamkorlik shartnomasi bilan cheklanmaydi, u brend rivojlanishida faol ishtirokchi bo‘ladi va kompaniya daromadidan ulush oladi.
O‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 27 yoshli hujumchi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi.