O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi jahon chempionati starti oldidan O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.
"Raqiblarni o'rganish bo'yicha tayyorgarlik ancha oldin boshlangan. Bilasiz, jahon chempionatidagi ilk uchrashuvimizni Kolumbiyaga qarshi Mexiko shahrida o'tkazamiz. Mexiko dengiz sathidan baland joylashgani sababli, u yerga imkon qadar kechroq borishga qaror qildik.
Odatda balandlik sharoitiga moslashish uchun taxminan 21 kun kerak bo'ladi. Shu bois biz 3 hafta davomida tog'li hududlarda tayyorgarlik o'tkazish o'rniga, Meksikaga o'yin oldidan borishni ma'qul ko'rdik.
Biz bunday tajribani 2010 yilda Janubiy Afrika Respublikasidagi jahon chempionatida ham qo'llaganmiz. Lekin rostini aytsam, natija unchalik yaxshi bo'lmagani uchun bu safar boshqacha yo‘l tutishga qaror qildik.
Aslida, biz uchun asosiy e'tibor qaratilishi kerak bo'lgan jihat ham shu. Bundan tashqari, ob-havo sharoiti ham biroz boshqacha bo'ladi.
Guruh bosqichidagi uchrashuvlarning ichida aynan shu o'yin usti yopilmaydigan stadionda bo'lib o'tadi. Shu sababli bu uchrashuvga tayyorgarlik ham biroz o'zga tarzda kechadi. Biroq jiddiy muammo ko'rmayapman, chunki Xyuston va Atlanta kabi stadionlar yopiq bo'ladi.
Tush payti o'ynasak ham, harorat taxminan 20-24 daraja atrofida bo'ladi. Bu esa futbol o'ynash uchun juda ham qulay sharoit", — dedi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.
Avvalroq Kannavaro tayyorgarlik jarayoni reja asosida davom etayotganini aytib o'tgandi.