Bugun
12
O'zbek

Doku yaqin vaqt ichida «Man Siti» bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda

Futbol
7 iyun, 03:30
Kelishuvda Dokuning maoshi oshirilishi ham nazarda tutilgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Doku yaqin vaqt ichida «Man Siti» bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

Ma'lum qilinishicha, 24 yoshli belgiyalik futbolchi yangi bitim imzolash arafasida turibdi. Yangilangan shartnoma 2031 yilgacha amal qilishi aytilmoqda. Shuningdek, kelishuvda Dokuning maoshi oshirilishi ham nazarda tutilgan.

Yakunlangan mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 14 ta assist amalga oshirdi.

Transfermarkt portaliga ko'ra, uning narxi 75 million yevroga baholanmoqda. Avvalroq Doku WhoScored talqiniga ko'ra APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi vingeri deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar