Bugun
12
O'zbek

Leau chetlatish sabab jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbol
7 iyun, 00:00
Futbolchi Chiliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida agressiv harakati uchun qizil kartochka olgandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Leau chetlatish sabab jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin
Foto: Getty Images
06.06.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Portugaliya Portugaliya 2 : 1 Chili Chili

Portugaliya milliy jamoasi vingeri Rafael Leau chetlatish sababli jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

«Milan» futbolchisi Chiliga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) janjal uchun qizil kartochka olgani sababli unga nisbatan jazo qo‘llanilishi ehtimoli bor.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi agressiv harakati uchun maydondan chetlatilgani tufayli FIFA Intizom qo‘mitasi diskvalifikatsiyani rasmiy o‘yinlarga ham tatbiq etishi mumkin.

Agar jazo bir o‘yinga teng bo‘lsa, Leau 10 iyun kuni Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Agar diskvalifikatsiya muddati uzoqroq bo‘lsa, u kamida 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan mundial doirasidagi Kongoga qarshi dastlabki o‘yinda ham ishtirok eta olmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Chili Chili
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar