Live
1
O'zbek

Mourinio Silvani "Real"da ko'rishni istaydi — AS

Futbol
6 iyun, 18:15
Portugal futbolchisi oldidan ko'plab jamoalardan taklif bor.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Mourinio Silvani "Real"da ko'rishni istaydi — AS
Фото: Getty Images

"Manchester City" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Real"dan taklif olishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Madrid klubi Joze Mourinio bilan shartnoma imzolasa, portugal mutaxassis 31 yoshli Silvani o'z jamoasiga taklif qiladi.

Avvalroq futbolchi "Barselona"ga o'tishga yaqin ekanligi, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik esa o'yinchining transferini ma'qullagani xabar qilingandi.

Shuningdek, Silvaga "Atletiko", "Benfika", Turkiya, Fransiya, Italiya va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan.

Yakunlangan mavsumda u barcha turnirlarda 53 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga uchta gol va beshta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar