«Bavariya» futbolchisi Maykl Olise «Real»ga o‘tishga rozilik bergan. Bu haqda ishonchli manbalardan biri hisoblangan Ramon Alvares xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar futbolchining klubga o‘tishga bo‘lgan istagini bilgan holda transfer ustida ishlamoqda. Qayd etilishicha, «qirollik klubi» seshanba kuni rasmiy taklif yuborishni rejalashtirgan.
Taklif summasi taxminan 180 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Olise o‘tgan mavsum «Bavariya»ning asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib, jamoaning muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynadi. Shu sababli Myunhen klubi uni qo‘yib yuborishga shoshilmayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Real» yozgi transferlar oynasida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.