Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatida kimga qarshi o'ynashni istashini aytib o'tdi.
«Men jahon chempionatida Ronaldu va Neymarga qarshi o'ynashni istayman. Bu ularning so'nggi mundiali bo'ladi», — dedi Kilian Sorare’ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Mbappe yetakchiligidagi Fransiya milliy jamoasi jahon chempionati guruh bosqichida I guruhidan joy olgan. Ushbu kvartetda fransiyaliklar Senegal, Iroq va Norvegiya milliy jamoalari bilan kuch sinashadi.
Avvalroq Mbappe faoliyatidagi eng chiroyli goli qaysi ekanini aytib o'tgandi.