Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'z faoliyatidagi eng yaxshi goli qaysi ekanini aytib o'tdi.
"Argentinaga qarshi 2022 yilgi jahon chempionati finalida bir tegishda urgangan gol — eng muhim golim, ammo uni ijro jihatdan eng chiroylisi deb aytish mumkinmi, bilmayman.
Menga 2020 yil Frantsiya kubogida "Lion" darvozasiga urgangan golim juda yoqadi. To'pni o'z yarim maydonimizda olib qo'ydim, keyin butun maydonni bosib o'tdim, ikki futbolchini aldab o'tdim va gol urdim. O'sha vaziyatni ko'p marta qayta tomosha qilganman", — dedi 27 yoshli fransiyalik forvard.
Avvalroq Mbappe ketma-ket ikkinchi marta "Real"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.