2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ispaniya va Fransiya milliy jamoalari o‘rtoqlik o‘yinlarida g‘alaba qozona olmadi.
Ispaniya La-Korunyadagi «Abanka-Riasor» stadionida Iroq bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bahsning 16-daqiqasida Ferran Torres mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 27-daqiqada Merxas Doski muvozanatni tikladi.
Fransiya esa o‘z maydonida Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida Rayan Sherki hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Gela Due va Amad Diallo afrikaliklarga g‘alaba keltirdi.
O‘rtoqlik o‘yini
Ispaniya – Iroq 1:1
Gollar: Ferran Torres 16 (1:0), Merxas Doski 27 (1:1).
Ispaniya: Joan Garsiya (Leonardo Rikelme, 73), Pedro Porro (Xavi Rodriges, 73), Jon Martin (Benyat Turrientes, 59), Emerik Lyaport (Serxio Gomes, 46), Alexandro Grimaldo (Erik Garsiya, 46), Gavi (Xavi Gerra, 59), Mark Bernal (Mark Pubil, 59), Ferran Torres (Yeremi Pino, 46), Dani Olmo (Gonsalo Garsiya, 46), Alex Baena (Mikel Merino, 68), Borxa Iglesias (Xesus Rodriges, 46).
Iroq: Ahmad Bazil (Jalol Hasan, 47), Husayn Ali (Kevin Yakob, 62), Akam Hoshim, Zayd Tahsin, Merxas Doski (Ahmad Yahyo, 61), Yusif Amin, Zayd Ismoil (Zaydon Iqbol, 62), Amir Al-Ammari (Rebin Sulaka, 62), Ibrohim Bayesh (Mustafo Saadun, 73), Marko Farji (Manaf Yunus, 62), Ali Al-Hamadi (Ayman Husayn, 47), Ali Jassim.
O‘rtoqlik o‘yini
Fransiya – Kot-d’Ivuar 1:2
Gollar: Rayan Sherki 45 (1:0), Gela Due 53 (1:1), Amad Diallo 84 (1:2).
Fransiya: Mayk Menyan, Jyul Kunde (Lyuka Ernandes, 66), Ibraima Konate (Malo Gyusto, 66), Dayo Upamekano (Lyuka Din, 46), Teo Ernandes (Maksans Lakrua, 46), Orelen Tchuameni (Manya Akliush, 46), Adrien Rabyo (Koadio Kone, 66), Maykl Olise (Ngolo Kante, 46), Rayan Sherki (Uorren Zair-Emeri, 78), Kilian Mbappe (Jan-Filipp Mateta, 46), Markus Tyuram (Bredli Barkola, 89).
Kot-d’Ivuar: Yahya Fofana, Gela Due, Uilfrid Singo (Usman Diomande, 75), Emmanuel Agbadu, Gislayn Konan (Anj-Yoan Bonni, 68), Umar Diakite (Nikolya Pepe, 47), Frank Kessiye (Kristofer Operi, 68), Seko Fofana (Ravinel Inao Krist Oulay, 68), Yan Diomand (Bazumana Ture, 67), Elye Vaxi (Ibrohim Sangare, 67), Simon Adingra (Amad Diallo, 47).