Live
2
O'zbek

«Liverpul» Diomand transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Futbol
4 iyun, 14:35
Mersisaydliklar futbolchi uchun kurashda «PSJ»dan oldinda bormoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Liverpul» Diomand transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Foto: Getty Images

«Liverpul» «RB Leypsig» vingeri Yan Diomand transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, ayni paytda mersisaydliklarning 19 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishish imkoniyati «PSJ»nikidan yuqoriroq baholanmoqda.

Manbada qayd etilishicha, «RB Leypsig» bir necha bor Diomand sotilmasligini ma’lum qilgan. Nemis klubi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi uchun 130 million yevrodan ortiq taklif kelib tushishi kerak.

Shuningdek, o‘tgan yozda «Liverpul» transferlar uchun 522 million yevro sarflagani va jamoaning boshqa pozitsiyalarni ham kuchaytirishga ehtiyoji borligi sabab bu transfer amalga oshmasligi ham mumkin.

Yan Diomandning «RB Leypsig» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Bitimda tovon puli bandi mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, futbolchiga «PSJ» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq parijliklar hozircha muzokaralarda «Liverpul» darajasiga yetib bora olmagan.

Ma’lumot uchun, iqtidorli vinger uchun kurashayotgan klublar orasida «Manchester Siti» ham bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar