«Real» markaziy himoyachi Ibraima Konate bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, «Manchester Siti» futbolchisi Yoshko Gvardiol transferidan voz kechmagan.
AS nashri xabariga ko‘ra, Florentino Peres prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan taqdirda, Madrid klubi xorvatiyalik himoyachini xarid qilish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Manbada aytilishicha, Gvardiolning o‘zi ham «Real» safida o‘ynashni istamoqda. Biroq «Manchester Siti» 24 yoshli futbolchini sotishni rejalashtirmayapti.
Shuningdek, madridliklar futbolchini haddan tashqari yuqori narxda sotib olishni istamasligi ta’kidlangan.
Yoshko Gvardiol 2023 yil yozidan buyon «Manchester Siti» safida to‘p tepib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiol Xorvatiya milliy jamoasining asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 70 million yevroga baholagan.