Live
6
O'zbek

«Real» Mourinyo uchun 15 million yevro to‘lashi mumkin

Futbol
4 iyun, 12:16
Bunday holat Florentino Peres saylovda g‘alaba qozongan taqdirda yuz berishi aytilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Real» Mourinyo uchun 15 million yevro to‘lashi mumkin
Foto: Getty Images

«Benfika» Madridning «Real» klubi Joze Mourinyoni qaytarish uchun 15 million yevro tovon puli to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

The Athletic jurnalisti Mario Kortegananing «Benfika» rasmiy saytiga tayanib xabar berishicha, Florentino Peres Lissabon klubini bu haqda rasman xabardor qilgan.

Manbada aytilishicha, agar Peres 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa, «Real» Mourinyoning shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun 15 million yevro to‘laydi.

Portugaliyalik mutaxassis 2025 yil sentyabridan buyon «Benfika»ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010–2013 yillar oralig‘ida ham «Real» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Madrid klubida ishlagan davrida Mourinyo Ispaniya chempionligi va boshqa bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Benfica Benfica
Bugungi yangiliklar