«Milan» futbolchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishga umid qilmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yuborgan yagona klub Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi bo‘lib turibdi.
Avvalroq turk klubi portugaliyalik vingerga yiliga 8 million yevro maosh va qo‘shimcha 2 million yevro bonuslarni o‘z ichiga olgan shartnoma taklif qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi.
Biroq Leau hanuz Angliya Premyer Ligasiga ko‘chib o‘tishga umid qilmoqda. Xususan, futbolchi «Arsenal» yoki «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilishni istaydi.
Manbada aytilishicha, futbolchi yana bir bor «Arsenal»ga taklif qilingan, ammo muzokaralar hozircha oldinga siljimagan.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Leauning shartnomasida 175 million yevrolik tovon puli belgilangan.
Ma’lumot uchun, «Milan» futbolchini taxminan 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor, biroq hozircha yagona rasmiy taklif «Galatasaroy»dan kelgan.