O‘zbekiston Proligasida 9-tur bahslari yakunlandi. Tur doirasidagi uch bellashuvda mezbon jamoalar g‘alaba qozondi.
«Kattaqo‘rg‘on» o‘z maydonida FarDUni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Fransis Narh dubl qayd etib, Javohir Mubarakov esa penaltidan nuqta qo‘ydi.
«Respublika FA» va TerDU o‘rtasidagi sermahsul bahsda mezbonlar 3:2 hisobida ustun keldi. Asilbek Aliyev xet-trik muallifiga aylangan bo‘lsa, mehmonlar safida Abduqodir Amirqulov ikkita gol urdi.
Turning markaziy bahslaridan birida «Sho‘rtan» minimal hisobda «Metallurg»dan ustun keldi. Bellashuvdagi yagona gol 79-daqiqada G‘anisher Qodirov tomonidan kiritildi.
Ushbu natijalardan so‘ng «Sho‘rtan» ochkolari sonini 23 taga yetkazib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Kattaqo‘rg‘on» 18 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi. «Metallurg» 15 ochko bilan to‘rtinchi, FarDU esa 13 ochko bilan oltinchi o‘rinda qoldi.
Quyi pog‘onalarda «Respublika FA» 9 ochko bilan to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, TerDU 4 ochko bilan 13-pog‘onada qolmoqda.
Proliga, 9-tur
4-iyun
«Kattaqo‘rg‘on» – «FarDU» 3:0
Gollar: Fransis Narh, 27 (1:0), Fransis Narh, 46 (2:0), Javohir Mubarakov, 89, penalti (3:0).
«Respublika FA» – «TerDU» 3:2
Gollar: Asilbek Aliyev, 12 (1:0), Asilbek Aliyev, 36 (2:0), Asilbek Aliyev, 45 (3:0), Abduqodir Amirqulov, 61 (3:1), Abduqodir Amirqulov, 70, penalti (3:2).
«Sho‘rtan» – «Metallurg» 1:0
Gol: G‘anisher Qodirov, 79 (1:0).