«Real» hujumchisi Vinisius Junior klubdagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida yangi mish-mishlar paydo bo‘ldi.
Rodra nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelmega yaqin manbalar braziliyalik futbolchini transferga qo‘yish ehtimolini istisno qilmayapti.
Qayd etilishicha, Rikelmening o‘zi hozircha bu borada rasmiy bayonot bermagan.
Avvalroq prezidentlikka nomzod saylovda g‘alaba qozongan taqdirda «Manchester Siti» futbolchilari Erling Holand va Rodrini «Real» safiga olib kelishni va’da qilgandi. Biroq bunday yirik loyiha amalga oshishi uchun klub amaldagi yulduz futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga majbur bo‘lishi mumkin.