«Real» hujumchisi Endrik Krishtianu Ronalduning Madrid klubidagi faoliyati unga katta ta’sir ko‘rsatganini aytdi.
«Krishtianu Ronalduning «Real»da o‘ynagani mening Madrid klubiga o‘tish istagimni yanada kuchaytirgan. U mening idealim, o‘rnak oladigan insonim. Dunyoning eng buyuk klubiga yo‘q deb ayta olmasdim», — dedi Endrik.
Braziliyalik futbolchi Ronalduni faoliyati davomida o‘zi uchun asosiy namuna bo‘lib kelgan futbolchilardan biri sifatida tilga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Endrik «Real» safiga Braziliyaning «Palmeyras» klubidan kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2009–2018 yillar davomida «Real» safida to‘p tepib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan.