Live
2
O'zbek

«Bavariya» Saybari uchun 50 million yevro taklif qilmoqda

Futbol
4 iyun, 07:26
PSV marokashlik yarimhimoyachi transferidan rekord daromad olishni istayapti.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Bavariya» Saybari uchun 50 million yevro taklif qilmoqda
Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi PSV yarimhimoyachisi Ismoil Saybari transferi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilishga tayyor.

Voetbal Primeur nashri Eindhovens Dagblad'ga tayanib xabar berishicha, Eyndhoven klubi futbolchi transferidan bundan ham kattaroq mablag‘ ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Manbada qayd etilishicha, PSV tarixidagi eng qimmat transferlardan biri Kodi Gakponing «Liverpul»ga 42 million yevro va bonuslar evaziga sotilishi bo‘lgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Irving Losanoning «Napoli»ga transferi 50 million yevro bilan klub rekordini o‘rnatgan.

Jurnalist Rik Elfrinkning yozishicha, «Bavariya»ning taklifi bonuslar bilan birga 50 million yevroga yaqin bo‘ladi. PSV esa yanada yuqoriroq summaga umid qilmoqda. Muzokaralarda kafolatlangan to‘lov miqdori va mablag‘ning qachon to‘lanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ismoil Saybari o‘tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 27 ta bahsda maydonga tushib, 15 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, marokashlik futbolchi PSVning o‘tgan mavsumdagi ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar