Live
2
O'zbek

Ronalduning yangi transfer narxi ma’lum qilindi

Futbol
4 iyun, 06:46
Transfermarkt portugaliyalik yulduzning qiymatini pasaytirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Ronalduning yangi transfer narxi ma’lum qilindi
Foto: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati yangilandi.

Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, 41 yoshli futbolchining narxi 12 million yevrodan 10 million yevroga tushirilgan.

Qizig‘i shundaki, Ronaldu professional faoliyatining boshida, 2003 yilda ham aynan 10 million yevroga baholangan edi.

Portugaliyalik hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda «An Nasr» safida 37 ta bahsda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U jamoasi bilan Saudiya Arabistoni chempionligini ham qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasidan ham joy olgan.

Ma’lumot uchun, Ronalduning faoliyati davomida eng yuqori transfer qiymati 120 million yevroga yetgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar