«Arsenal», «Barselona» va Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri «Bavariya» haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sport Illustrated nashriga bergan intervyusida Anri Myunxen klubining boshqaruv tizimi va o‘z falsafasiga sodiqligini yuqori baholadi.
«Men har doim “Bavariya”ning boshqaruv uslubiga qoyil qolganman. Frank Riberi, Villi Sanyol va Biksente Lizarazu kabi sobiq futbolchilar klub, muxlislar va mentalitet haqida doimo iliq fikrlar bildirgan. Ular transferlarda har doim ham mashhur nomlarga intilmaydi. Klub o‘z uslubiga mos futbolchilarni tanlaydi. Shu sababli ham hammasi ishlaydi.
Ular “bu futbolchi kuchli, ammo “Bavariya” uchun emas” yoki “bu murabbiy yaxshi, lekin klubimizga mos emas” deb ayta oladi. Ular o‘z falsafasiga sodiq qoladi va men buni hurmat qilaman», — dedi Anri.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» 2025/26 yilgi mavsumda Germaniya Bundesligasi, Germaniya kubogi va Germaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, Tyerri Anri futbolchilik faoliyati davomida «Arsenal» va «Barselona» safida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.