"Arsenal" va "Bavariya" klublari "Ayntraxt" himoyachisi Natanil Braun xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, klublar o'rtasida futbolchi uchun jiddiy kurash ketmoqda.
Har ikki grand klub germaniyalik 23 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda.
O'z navbatida "Ayntraxt" o'z o'yinchisini 80 million yevrodan kamga qo'yib yuborishni istamaydi.
Yakunlangan mavsumda Braun klub safida barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.