«Arsenal» vingeri Leandro Trossar yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining London klubidagi kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. Manbada aytilishicha, u «Arsenal»ning keyingi mavsum uchun rejalari qatoridan o‘rin olmagan.
Trossarga Madridning «Atletiko» klubi qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, futbolchining vaziyatini «Nyukasl», «Aston Villa», «Inter» va «Yuventus» ham kuzatib bormoqda.
Belgiyalik futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 50 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Leandro Trossarning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 18 million yevroga baholamoqda.